Ray-Ban MetaWayfarer Gen 1

Klassik wayfarer · 2 xil oprava rangi, linza bilan 5 ta variant

3 290 000so‘m≈ $275Kam qoldi

Oprava: Shiny Black · Linza: G-15 yashil

O‘lchamQanday tanlash
Telegram
Uyda taqib ko‘rish · ToshkentToshkent — naqd yoki onlayn · viloyatlar — onlaynKafolat · 1 yil

Bo‘lib to‘lash — Uzum’dagi do‘konimizda

Gen 1 yoki Gen 2?

Oprava, 12 MP kamera va ochiq dinamiklar bir xil. Farqi — video va batareyada.

Gen 1 · shu modelGen 2
Video1080p3K
Batareya4 soatgacha8 soatgacha
Keys bilan36 soatgacha48 soatgacha
Narx3 290 000 so‘mdan4 790 000 so‘mdan

Xususiyatlar

Kamera
12 MP, 1080p video
Audio
Ochiq dinamiklar, 5 mikrofon
Batareya
4 soatgacha · keys bilan 36 soatgacha
Xotira
32 GB
Moslik
iOS va Android
Oprava
Matte Black, Shiny Black
Linza
Grafit gradient, polyarizatsiya, Tiniqdan grafit-yashilga (Transitions), Tiniqdan G-15 yashilga (Transitions), Tiniq, G-15 yashil

Tavsif

Birinchi avlod Wayfarer — Ray-Ban Meta aqlli ko‘zoynaklarini eng qulay narxda olish yo‘li: 12 MP kamera, ochiq dinamiklar, qo‘ng‘iroqlar va ovozli boshqaruv — klassik Wayfarer opravasida.

Qutida nimalar bor
Ray-Ban Meta Wayfarer Gen 1 — Qutida nimalar bor
  • Ray-Ban Meta ko‘zoynagi
  • Quvvatlash keysi
  • Tozalash uchun salfetka
  • Qisqacha yo‘riqnoma
  • Xavfsizlik va kafolat qo‘llanmasi
  • Dioptriyali linza buyurtma qilish bo‘yicha eslatma
  • USB-C kabel komplektga kirmaydi

Transitions linzalari

Quyoshda qorayadi, xonada tiniqlashadi

Ray-Ban Meta Wayfarer Gen 1XonadaQuyoshda

Fotoxrom Transitions linzalari yorug‘likka o‘zi moslashadi: ko‘chada quyoshdan himoya qiladi, xonada esa tiniq bo‘lib qoladi. Ikkita ko‘zoynak o‘rniga bitta.

Ray-Ban Meta Wayfarer Gen 1’da Transitions linzalari 5 variantdan 2 tasida: Matte Black.

O‘lchamlar va qanday tanlash

Ikkala oprava shakli bir xil — faqat kengligi farq qiladi. Quyida Meta’ning rasmiy o‘lchamlari millimetrda.

StandardLarge
Linza kengligi50 mm53 mm
Linza balandligi41 mm44 mm
Burun ko‘prigi22 mm22 mm
Quloq dastasi uzunligi150 mm155 mm
Sharnirlar orasi131 mm137 mm
Oprava vazni48 g50 g

Uydan chiqmay o‘z o‘lchamingizni qanday bilish mumkin

  1. 1
    Yuzingizga yaxshi mos keladigan ko‘zoynakni oling

    Uni yig‘ib, stolga qo‘ying va chizg‘ich bilan sharnirlar markazlari orasidagi masofani o‘lchang. Sharnirlar — quloq dastasi opravaga biriktirilgan joylar. Bu chetdan chetgacha bo‘lgan kenglik emas.

  2. 2
    Jadvaldagi raqamlar bilan solishtiring

    Meta ±4 mm farqqa yo‘l qo‘yadi. O‘lchovingiz ikki o‘lcham orasida bo‘lsa — linza kengligiga qarang: u jadvalda bor va ko‘zoynagingizning quloq dastasiga uchta raqamdan birinchisi bo‘lib o‘yib yozilgan (50□22 145 ko‘rinishida).

  3. 3
    O‘z ko‘zoynagingiz bo‘lmasa — Standard oling

    Bu asosiy o‘lcham. Yuzingizga mos kelmasa, almashtiramiz. Toshkentda uyga taqib ko‘rish uchun olib boramiz — qarorni kuryer oldida qabul qilasiz.

Meta «yuz kengligi millimetrda → oprava o‘lchami» jadvalini umuman chiqarmaydi, shuning uchun biz uni o‘ylab topmaymiz. Yagona tekshirilgan usul — hozirgi ko‘zoynagingiz bilan solishtirish.

Wayfarer Gen 1 haqida fikrlar

5,0 · 2 ta fikr

Umar Ravshanjonov
Tashkent · 18.09.2026

Man "Ray-Ban Meta Wayfarer Gen 1" modelini ishlataman, Juda zo'r ko'zoynak! 10 oydan beri ishlatvomman. Manga eng yoqqan tarafi: telefonda videoga ololmiydigan joylarimda juda-juda qo'l keladi, qo'llar bo'sh, hammasini o'z ko'zim bilan ko'rgandek yozib oladi. Buni O'zbekistonga birinchilardan bo'lib olib kirgan Abdulhamidga va Abdullohga katta rahmat! InShaAlloh, kelajakda yangi modellarini ham olib, ishlatib ko'ramiz.

O‘qish
Abdulboriy
Tashkent · 05.09.2026

Original va garantiyasi bor 1-chi Rayban sotuvchi!

O‘qish

Yana o‘qing

Boshqa modellar

Telegram orqali yozish

Rang va o‘lchamni tanlashga yordam beramiz, mahsulotning mavjudligi va yetkazib berish haqidagi savollaringizga javob beramiz.

Sizning nomingizdan yozamiz: «Assalomu alaykum! Buyurtma bermoqchiman: Ray-Ban Meta Wayfarer Gen 1 · Shiny Black · G-15 yashil · Standard · 3 290 000 so‘m»

Telegram orqali yozish