Faqat Toshkentda
Uyingizda taqib ko‘rish
Bir nechta modelni to‘g‘ri o‘zingizga olib boramiz. Taqib ko‘rasiz, qaysi biri yuzingizga yarashishini o‘zingiz bilib olasiz, shoshilmay tanlaysiz. Bepul, sotib olish shart emas.
- 1
Ariza
Ism, telefon, xohlasangiz — qaysi modellar qiziqtirganini ham yozasiz. Boshqa hech narsa kerak emas.
- 2
Vaqt va modellarni kelishamiz
Menejer qo‘ng‘iroq qiladi: qaysi modellarni olib borishni va sizga qulay vaqtni kelishib olamiz.
- 3
Taqib ko‘rib, joyida hal qilasiz
Modellarni yonma-yon solishtirasiz. Yoqsa — o‘sha yerdan olasiz, yoqmasa — bemalol yo‘q deysiz.
Taqib ko‘rishga ariza
Ko‘p so‘raladigan savollar
Taqib ko‘rish qanday o‘tadi?
Menejer kelishilgan vaqtda siz aytgan modellarni olib keladi. Taqib ko‘rasiz, solishtirasiz, savollaringizni berasiz. Odatda 15–20 daqiqa yetadi.
Nechta model olib kelasiz?
Odatda 3–4 ta: arizada belgilaganlaringiz va uslubi, narxi o‘xshash modellar. Hali tanlamagan bo‘lsangiz — nimaga kerakligini so‘rab, mos variantlarni o‘zimiz tanlab beramiz.
Bu rostdan ham bepulmi?
Ha. Kelishimiz ham, taqib ko‘rish ham bepul — hech narsa sotib olishingiz shart emas. Faqat olaman desangiz to‘laysiz — qo‘lingizga olganda, naqd yoki karta bilan.
Qachon kelasiz?
Odatda bugun yoki ertaga — aniq vaqtni telefonda kelishib olamiz. Faqat Toshkent bo‘yicha ishlaymiz.
100% original
To‘g‘ridan-to‘g‘ri olib kelamiz
1 yil kafolat
Rasmiy servis
Bepul yetkazib berish
Butun O‘zbekiston bo‘ylab
Olganda to‘laysiz
Naqd yoki karta bilan