XARIDOR UCHUN QO‘LLANMA

Oakley Meta Vanguard: sport uchun aqlli ko‘zoynak sharhi

Asosiy farqi: kamera markazda

Modelning to‘liq nomi — Oakley Meta Vanguard, qisqacha uni «Oakley Vanguard» deb izlashadi. Meta’ning boshqa aqlli ko‘zoynaklarida kamera yon tomonda, opravaning burchagida turadi, Vanguard’da esa markazda, linzalar orasida. Yugurganda va velosipedda bu muhim: kadr siz qaragan joy bilan mos tushadi, yonga siljimaydi.

Oprava sport niqobi shaklida ishlangan: linzasi yaxlit, harakatda boshdan tushmaydi va shlem bilan ham mos keladi.

ParametrQiymati
KameraOprava markazida 12 MP, 3K video
Batareya9 soatgacha
HimoyaIP67 — chang va suvga botirish
IntegratsiyalarGarmin, Strava
AudioOchiq dinamiklar — atrofdagi tovushlar eshitiladi

Sport ma’lumotlari kadr bilan birga

Vanguard Garmin va Strava bilan bog‘lanadi — bu Ray-Ban Meta’da ham, HSTN’da ham yo‘q. Mashg‘ulot ma’lumotlari kadrlaringizga qo‘shiladi, ko‘rsatkichlarni esa to‘xtamasdan, telefonni olmasdan ovoz bilan so‘rash mumkin.

IP67 himoyasi — Meta seriyasidagi eng yuqorisi: ko‘zoynak chang va suvga chidaydi, Ray-Ban Meta va HSTN’da esa IPX4, ya’ni faqat suv sachrashi va yomg‘irdan himoya qiladi.

Kimga mos, kimga mos emas

Yuguradigan, velosiped haydaydigan, tog‘ga chiqadigan yoki ko‘chada ko‘p bo‘ladiganlar uchun Vanguard ayni muddao. Niqob-oprava va markaziy kamera aynan shuning uchun qilingan.

Har kuni shaharda taqish uchun bo‘lsa, olmang: sport niqobi ofisda begona ko‘rinadi — buning uchun klassik opravali Ray-Ban Meta bor.

Oakley Meta Vanguard — narxi va ranglari

O‘zbekistonda qanday sotib olish mumkin

Vanguard bizda Toshkentda bor: original, 1 yil kafolat, mamlakat bo‘ylab bepul yetkazib berish; to‘lov: Toshkentda — naqd yoki onlayn, viloyatlarda — onlayn. Modelning video sharhi — Instagram sahifamizda.

Vanguard bilan HSTN orasida ikkilansangiz, Ray-Ban Meta va Oakley Meta seriyalarini solishtirgan maqolaga qarang.

Ray-Ban Meta yoki Oakley Meta — solishtirish

Mavzuga oid mahsulotlar

Butun katalogni ko‘rish
Oakley MetaVanguardSport uchun yaxlit linzali oprava · 2 xil oprava rangi, linza bilan 7 ta variant
6 990 000 so‘mdanSotuvda bor
Oakley MetaHSTNYumaloq retro oprava · 5 xil oprava rangi, linza bilan 9 ta variant
4 190 000 so‘mdanSotuvda bor