XARIDOR UCHUN QO‘LLANMA

2026-yilda aqlli ko‘zoynakni qanday tanlash kerak

Avval nimaga kerakligini hal qiling

2026-yilda aqlli ko‘zoynaklar har xil ishga mo‘ljallangan: biri video oladi va quloqchin o‘rnini bosadi, biri ko‘z oldingizga ekran chiqaradi, yana biri oddiy ko‘zoynakka o‘xshaydi-yu, ichida yordamchisi bor. Hammasiga yaraydigan bitta model yo‘q. Shuning uchun avval o‘zingizdan so‘rang: bu ko‘zoynakda har kuni nima qilaman?

Quyida beshta ko‘p uchraydigan holat va har biriga katalogimizdan mos modellar.

Kundalik kontent va video

Ko‘proq foto-video olsangiz, musiqa eshitib, qo‘ng‘iroqlarga javob bersangiz — Ray-Ban Meta va yangi Meta Glasses’ga qarang. 12 MP kamera, ochiq dinamiklar, beshta mikrofon, ovoz bilan boshqaruv. Telefon cho‘ntakda qolaveradi.

Ikkinchi avlod va Meta Glasses 3K video yozadi, 8 soatgacha ishlaydi (keys bilan 48 soatgacha). Gen 1 esa 1080p yozadi va ancha arzon — ikkalasini alohida maqolada batafsil solishtirganmiz.

Katalogdagi Ray-Ban Meta Gen 2

Sport va mashg‘ulotlar

Velosiped, yugurish va tog‘ uchun Oakley Meta’ni oling. HSTN — PRIZM Ruby linzali sport klassikasi, video 3K. Vanguard — eng kuchli variant: kamera opravaning o‘rtasida, IP67 himoya, 9 soatgacha ishlaydi, Garmin va Strava bilan bog‘lanadi.

Katalogdagi Oakley Meta

Ko‘zoynakdagi katta ekran

XReal One ko‘z oldingizda 147 dyuymgacha ekran ochadi: kino, o‘yin, ish — hammasi katta ekranda, o‘zi esa doim yoningizda. 120 Hz Micro-OLED displey, Bose ovozi. Telefon, noutbuk yoki pristavkaga bitta USB-C kabel bilan ulanadi.

Katalogdagi XReal

Displey linzaning o‘zida

Ray-Ban Display xabar, navigatsiya, tarjima va kadr ko‘rinishini linzaning o‘zida ko‘rsatadi. Boshqarish esa komplektdagi Meta Neural Band brasleti orqali — qo‘l harakati bilan. Katalogdagi eng zamonaviy variant: kelajakni hozirdan taqib yurmoqchi bo‘lganlar uchun.

Katalogdagi Meta Display

Minimalizm: tashqarisi oddiy, ichi aqlli

Even Realities G1 oddiy ko‘zoynakdan farq qilmaydi: displey chetdan ko‘rinmaydi, og‘irligi 44 g, batareyasi 1,5 kungacha yetadi. Eslatma, navigatsiya, teleprompter va tarjima faqat sizga ko‘rinadi. Dioptriyali linza ham qo‘ydirish mumkin.

Katalogdagi Even Realities

Ko‘zoynak o‘rniga diktofon

Ko‘zoynak kerak emas, lekin uchrashuv va qo‘ng‘iroqlarni yozib olmoqchimisiz? Plaud Note bor: telefonga magnit bilan yopishadigan 2,99 mm qalinlikdagi AI diktofon. 30 soat yozadi, 64 GB xotira, 112 tilda konspekt qilib beradi.

Katalogdagi Plaud

Xulosa: kimga qaysi model

Tanlovingizni quyidagi jadval bo‘yicha tekshirib oling. Ikki model orasida ikkilanayotgan bo‘lsangiz, Toshkentda uyingizga bir nechta variantni olib boramiz — taqib ko‘rib, joyida tanlaysiz.

Nima uchunModelAsosiysi
Kontent, videoRay-Ban Meta, Meta Glasses12 MP kamera, 3K’gacha video
SportOakley MetaPRIZM linza, Vanguard’da IP67 va Garmin/Strava
Katta ekranXReal147" gacha ekran, Bose ovozi
Linzadagi displeyMeta Display600×600 displey, Neural Band brasleti
MinimalizmEven Realities44 g, 1,5 kungacha ishlash, dioptriya
DiktofonPlaud30 soat yozadi, 112 tilda konspekt

Mavzuga oid mahsulotlar

Butun katalogni ko‘rish
XRealOneAR ko‘zoynak · ko‘z o‘ngida 147" ekran
6 900 000 so‘m $585Sotuvda bor